Yangi loyihalar uchun ochiq Bot buyurtma qilish ↗
XizmatlarBot yasashNarxlarPortfolioBlogAloqaTo'lovSaytBackendAPIBot buyurtma qilish ↗

Ko'rinmaydi. Hammasini ushlaydi.

Backend — tizimning poydevori: API, ma'lumotlar bazasi, to'lov mantiqi va xavfsizlik. Tez, xavfsiz va kengayadigan backend quramiz.

FastAPIAsync, validatsiya, OpenAPI hujjat
PostgreSQL / MySQLStruktura, indeks, migratsiya, backup
Auth va roleJWT, ruxsatlar, kirish nazorati
05 / 06
⌁
Backend dasturlash

Mustahkam
poydevor.

Backend nima uchun kerak: bot, sayt va admin panel bitta ma'lumot va mantiq bilan ishlashi uchun. Biz shu markazni quramiz.

+Python backend: ilova, API, bot va servislar mantiqi
+FastAPI: tezkor REST API, Pydantic validatsiya, docs
+REST API yaratish va mavjud API'larni integratsiya qilish
+PostgreSQL va MySQL: jadvallar, bog'lanish, so'rov, optimallashtirish, migratsiya
+Authentication va authorization: JWT, role-based access
+Payment integration: Click, Payme, UZCARD, HUMO webhook
+Uchinchi tomon API: SMS, CRM, 1C, xarita, pochta
+Database design va ma'lumot modeli
+Admin panel backend: dashboard, eksport, audit
+Mavjud backend audit, bug fixing, optimallashtirish
+Serverga deploy: Nginx, SSL, systemd, monitoring, zaxira
+Backend xizmat ko'rsatish: kuzatuv va qo'llab-quvvatlash
NarxLoyiha asosida

Kimga kerak?

Telegram bot + backend

Bot yozadi — backend saqlaydi, panel boshqaradi.

Bot ⇄ FastAPI ⇄ DB
Sayt backend

Forma va ma'lumotlar bazasi, CMS mantiqi.

Site API
Integratsiya

CRM / 1C / SMS servislar bilan almashinuv.

API hub
Mavjud tizim

Sekin, xatoli backendni tuzatish va optimallashtirish.

Legacy fix

Ish jarayoni

01TalablarFunksiyalar, yuklama, ma'lumot oqimi→
02ArxitekturaModel, endpoint va DB struktura→
03QurishAPI, auth, integratsiyalar, testlar→
04ProdDeploy, monitoring, hujjat va qo'llab-quvvatlash→
Telegram + Backend qanday bog'lanadi
Telegram Bot⇄FastAPI Backend⇄PostgreSQL / MySQL
↓
Admin Panel+API / Integratsiyalar+To'lov (Click/Payme)+Nginx · SSL · Deploy

Hamma narsa
aniq bo'lsin.

Backend nima?+

Backend — sayt yoki botning ko'rinmaydigan qismi: ma'lumotlar bazasi, biznes mantiqi, API va server. Foydalanuvchi tugmani bosganda ishlaydigan hammasi shu yerda.

Python backend nima uchun yaxshi?+

Python — o'qish oson, tez ishlab chiqiladigan til; FastAPI bilan ishlab API juda tez va hujjatlangan bo'ladi. Telegram bot (aiogram), ma'lumot tahlili va integratsiyalar uchun eng amaliy tanlov.

FastAPI nima?+

Zamonaviy Python API freymvorki: async, avtomatik validatsiya va hujjat (OpenAPI). Kichik va yuqori yuklamali API'larni bir xil qulay yozish imkonini beradi.

PostgreSQL va MySQL bilan ishlaysizmi?+

Ha. Ikkalasi bilan: struktura dizayni, indeks, migratsiya, backup va optimallashtirish. Loyihangizda qaysi biri bo'lsa — shuni davom ettiramiz.

Backend yaratish qancha turadi?+

Oddiy API (auth + CRUD) Growth pakatidan boshlanadi (1 500 000 so'mdan); integratsiyalar va monitoring bilan — Scale. Aniq narx endpoint va yuklama ro'yxatidan keyin.

Telegram bot uchun backend kerakmi?+

Kichik botda shart emas, ammo savat, to'lov, hisobot va admin panel kerak bo'lsa — ha, backend tizimni barqaror qiladi va kengaytirishni osonlashtiradi.

Mavjud backendni yaxshilash mumkinmi?+

Ha. Audit qilamiz: sekin so'rovlar, xatoliklar, xavfsizlik teshiklari, deploy muammolari. Ro'yxat va narx bilan javob beramiz, keyin bosqichma-bosqich tuzatamiz.

Serverga joylaysizmi?+

Ha. Nginx, SSL (letsencrypt), systemd/docker, monitoring va zaxira nusxa — hammasi loyiha yakunida.

Backend — tezlik va ishonch poydevori. Loyihangizni birga rejalashtiramiz: arxitektura, muddat va narx.

Telegram orqali yozing ↗